Unda Toshkentning “Paxtakor” klubi Qatarning “Al Duhayl” klubiga yutqazib qoʻydi - 2:3.

Oʻyinning birinchi boʻlimini “sherlar” nazorat qildi va tanaffusga yaqin Sardor Rashidovning ajoyib uzatmasidan soʻng Sharkich hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimda Sardor Sobirxoʻjayev “sherlar”ning 2-goliga mualliflik qildi.

Qatar klubidagi legioner futbolchi Edmilson esa bunga javoban “sherlar” darvozasini 3 bor ishgʻol etib, xet-trik qayd etdi. Natijada “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasining 3-tur oʻyinlaridan keyin 1 ta gʻalaba va 2 ta magʻlubiyat qayd etib, guruhda soʻnggi oʻrinda bormoqda.