Bugun Osiyo CHempionar ligasi 5-turida Toshkentning “Paxtakor” jamosi Saudiya Arabistonining Burayda shahrida eronning “Sepaxon” klubi bilan uchrashadi. Oʻtgan toʻrt turdan soʻng toshkentliklar 3 ochko bilan guruhda soʻnggi oʻrinni egallab turibdi. SHuning uchun bugungi bahsda sherlarga faqat gʻalaba kerak. Lekin jamoaning etakchi futbolchisi CHeran jarohat olgan.
“CHeran jarohat tufayli safdan chiqqan. Uning safga qaytishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda” dedi kecha boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida “Paxtakor” murabbiyi Slavche Voyneski.
Murabbiyning taʻkidlashicha, barcha oʻyinchilar uchrashuv ahamiyatini tushunib turibdi.
“Paxtakor” “Sepaxon” bilan uchta oʻyin oʻtkazib, ikki marta yutqazgan va bir marta gʻalaba qozongan.