Bugun Osiyo CHempionar ligasi 5-turida Toshkentning “Paxtakor” jamosi Saudiya Arabistonining Burayda shahrida eronning “Sepaxon” klubi bilan uchrashadi. Oʻtgan toʻrt turdan soʻng toshkentliklar 3 ochko bilan guruhda soʻnggi oʻrinni egallab turibdi. SHuning uchun bugungi bahsda sherlarga faqat gʻalaba kerak. Lekin jamoaning etakchi futbolchisi  CHeran jarohat olgan.

“CHeran jarohat tufayli safdan chiqqan. Uning safga qaytishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda”  dedi kecha boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida “Paxtakor” murabbiyi  Slavche Voyneski.

Murabbiyning taʻkidlashicha, barcha oʻyinchilar uchrashuv ahamiyatini tushunib turibdi.  

“Paxtakor” “Sepaxon” bilan uchta oʻyin oʻtkazib, ikki marta yutqazgan va  bir marta gʻalaba qozongan.