Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasining kadrlar boʻlimi nazoratchisi B.X. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Jizzax shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni Doʻstlik tumani tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 21 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.