Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

    Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

    Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

    Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev ishtirok etgan sessiyada 2023-yil avgust oyidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan I.Jabborov vazifasidan ozod etildi.

    Shu paytgacha viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlagan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

    Sh.Xudoyberdiyev bundan avval Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Pastdargʻom tumani hokimi vazifalarida ishlagan.