Bugun esa 30 mingga yaqin aholiga xizmat ko'rsatadigan Chelak ko'p tarmoqli poliklinika binosi 2023-yil “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsumida g'olib tashabbuslar qatoridan joy olgan va tibbiyot muassasasi to'liq ta'mirdan chiqarilib, bugun foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman sektor rahbarlari, sohaning viloyat va tuman mas'ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Birdamlik ortidan erishilgan yuqori natija, albatta, qadrli bo'lishi, tibbiyotga berilayotgan alohida e'tibor, bu esa yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasi ekanligini tadbirda so'zga chiqqanlar alohida ta'kidlashdi.