Payariq tumanining Xoʻja Ismoil mahallasida joylashgan 2-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Ushbu sport inshooti Investitsiya dasturi asosida 2 milliard 890 million soʻm mablagʻ hisobiga bunyod etildi va zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlandi.
Bu yerda 15 ta sport turi boʻyicha 36 nafar murabbiy qoʻl ostida 1185 nafar oʻquvchi-sportchilar sport mashgʻulotlarida ishtirok etishmoqda.