Zangiota tumanida yashovchi 31 yoshli erkak J.Z. ariza bilan murojaat qilib, “Paynet” shoxobchasida ishlayotgan vaqtida oldiga notanish boʻlgan fuqaro kelib, «Mavliyeva Anna» nomiga rasmiylashtirilgan bank plastik kartasiga 650.000 soʻm pul oʻtkazib berishini iltimos qilganligini va ushbu pullarni oʻtkazib berganidan soʻng, notanish kishi u yerdan qochib ketganini bildirgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni 43 yoshli erkak M.B. sodir etganligi aniqlangan. M.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, M.B. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.