Memorandumga ko'ra, Pearson kompaniyasi bilan oliy ta'lim muassasalari va professional ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, magistratura ta'limini rivojlantirish, Biznes va texnologiya ta'limi kengashi (BTEC-Business and Technology Education Council) standartlari bo'yicha hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash kabi masalalarda hamkorlik qilinadi.
Kompaniya dunyoning 70 ta mamlakatida 35 000 nafar xodimga ega, asosiy ofisi Londonda joylashgan. Pearson ta'lim mazmuni va xalqaro miqyosda baholashni birlashtirib, yanada samarali o'qitish va individual ravishda o'qishni ta'minlash uchun xizmatlar va texnologiyalarga tayanadi.
Bundan tashqari Pearson kompaniyasi baholashning turli usullarini, misol uchun komp`yuterda test usuli, milliy test xizmatlari, psixometrik xizmatlarni amalga oshirishi mumkin.