Bunday huquqbuzarlik uchun:

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHMning) 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 350 ming soʻmdan 1 mln 890 ming soʻmgacha);

mansabdor shaxslarga esa BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida (1 mln 890 ming soʻmdan 2 mln 700 ming soʻmgacha) jarima qoʻllaniladi.

Shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 890 ming soʻmdan 2 mln 700 ming soʻmgacha);

mansabdor shaxslarga esa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida (2 mln 700 ming soʻmdan 4 mln 50 ming soʻmgacha) jarima qoʻllanishi mumkin.