- Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi edi;
- Tashkenbayev Ulugʻbek Negmatovich Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi edi;
- Saidov Mashʼal Samadovich Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Alfraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri edi;
- Urakov Sherzod Raxmonovich Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali direktori edi.









