Joriy yilning 6-fevral kuni “Belarus Respublikasi taʼlim vaziri A.Ivanets boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi dasturi” doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi va rektor Abdug‘affor Qirg‘izboyev tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov ham ishtirok etdi. Muzokara davomida ikki vazirlik o‘rtasida hamkorlik qilish, pedagoglarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, joriy yilning 8-fevral kuni Belarus Respublikasi Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirildi.