Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi:

  • ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari;
  • umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha davlat xizmatlari;
  • traktorchi-mashinis guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmatlari;
  • rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari va boshqalar. 

Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor o‘rinbosarlari 5 yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menedjerlik o‘quv kurslarida o‘qitilishi belgilandi.

Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi o‘quvchilarni o‘qishdan chetlashtirish, boshqa yo‘nalishga o‘tkazish va o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilandi.