Biroz avval kunning uchinchi medallar jamlanmasi oʻz egalarini topdi. Erkaklar oʻrtasidagi snoubordning big-eyr musobaqasida xitoylik Su Imin Olimpiada chempioni boʻldi. Bu Xitoy terma jamoasining Olimpiadadagi oltinchi oltin medali edi. Chin yurti jamoasi 6 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan 5-oʻrinni egallab turibdi.

Bu Su Min uchun oʻz yurtida oʻtayotgan Olimpiadadagi ikkinchi medal boʻldi. Avvalroq 17 yoshli Imin sloupstaylda kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.

Snoubordda norvegiyalik Mons Roysland kumush, kanadalik Maks Parro bronza medaliga sazovor boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha xitoylik Syuy Mentao oq Olimpiadaning fristayl musobaqasida ayollar oʻrtasidagi changʻi akrobatikasi bahslarida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, terma jamoasiga beshinchi oltin medalni taqdim etgan edi.

Manba