Hozirning oʻzida Milliy konkida yugurish markazi, figurali uchish va short-trek musobaqalari oʻtkaziladigan Pekindagi Davlat sport saroyi, kyorlingchilarni qabul qilib oladigan Milliy suzish majmuasi foydalanishga topshirilgan. 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari uchun moʻljallangan yana 13 obyektda qurilish ishlari davom etmoqda.
Olimpiya shaharchasida 2300 sportchi va rasmiy delegatsiyalar aʼzolari joylashadi. Tashkiliy qoʻmita ushbu obyektdagi qurilish ishlari iyunda yakunlanishini moʻljallamoqda. Boblsey, chana va skeletonchilarning bahsini Pekindan 86 kilometr uzoqlikdagi Yanitsin qabul qiladi.
Changʻi sporti, snoubord va biatlon vakillari Olimpiada medallari uchun kurashni Pekindan 193 kilometr masofada joylashgan Chjanszyakoudagi markazda olib boradilar. Tashkilotchilar ular uchun ham Olimpiya shaharchasi barpo etmoqdalar.