Bugungi dasturlar orasida eng qizigʻi ayollar oʻrtasida figurali uchishning erkin raqs musabaqalari boʻlishi kutilyapti. Chunki unda qonidan taʼqiqlangan modda topilgan, yaʼni doping qabul qilgani aytilayotgan Kamila Valiyeva muz maydoniga tushadi. Qisqa raqs dasturidan soʻng u oldinda bormoqda.

Kechagi musobaqalardan soʻng norasmiy umumjamoa birinchiligida hamon norvegiyalik sportchilar oldinda borishyapti. Ular hisobida 13 oltin, 7 ta kumush, 8 ta bronza medal bor.

Germaniya sportchilari ham boʻsh kelishayotgani yoʻq. Nemis sportchilari ayni damgacha 20 ta medal qoʻlga kiritgan. Ularning 10 tasi oltin, 6 tasi kumush va 4 tasi bronza.

AQSHliklar umumiy medallar soni boʻyicha nemislardan bitta medalga ortda qolyapti. Ular bugungacha 8 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medalga ega boʻlib turishibdi.

Umumjamoa hisobida keyingi oʻrinlarda Xitoy, Avstriya, Niderlandiya, Shvetsiya sportchilari borishyapti.