Pekinda metro poyezdlari to'qnashib ketdi: 500 dan ortiq kishi jarohat oldi

    Pekinda noqulay ob-havo tufayli yer usti metrosining ikkita poyezdi to'qnashib ketdi. Oqibatda 512 kishi jabrlandi.

    Qayd etilishicha, halokat kecha, 14-dekabr kuni kechki payt Pekinning tog'li g'arbiy qismida, Changpin metro tarmog'ida sodir bo'lgan.

    Kuchli qor yog'ishi va havoning keskin sovib ketishi oqibatida temir yo'l relslari nihoyatda sirpanchiq bo'lib ketgan, poyezd oldinda harakatlanayotganda tezligini pasaytirishga harakat qilganda avtomatik avariya tormoz tizimi ishga tushgan. Poyezd butunlay to'xtab qolgan, uning orqasida ketayotgan ikkinchi poyezd esa sirpanchiq relslar tufayli vaqtida to'xta olmay, oldindagi poyezga borib urilgan.

    Jabrlangan 512 kishidan 102 nafarida sinish tashxisi qo'yilgan, 25 nafari uyda shifokorlar nazoratida, 67 nafari shifoxonada davolanmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.