"Onamiz bilan gaplashamiz, ammo u vaziyatni bilmaydi. U o'zining dunyosida yashaydi. Har safar unga "Biz u uchun duo qilishimiz kerak" deganimda ko'zini ochadi. Ammo, onam aslida men nimani nazarda tutganimni anglamaydi", — deydi futbolchining singlisi Mariya interv`yuda.

Pele 29 dekabr` kuni hayotdan ko'z yumdi. Uning 82 yoshida vafot etishiga rak sabab bo'ldi.

Braziliya hukumati afsonaviy Pelening o'limi sabab mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi. U bugun o'z nihoyasiga etadi.

Sobiq futbolchi uch karra (1958, 1962, 1970) jahon chempioni hisoblanadi. Braziliyalik shuningdek faoliyatida 1279ta gol urgan holda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Pelening onasi noyabr` oyida 100 yoshni qarshiladi.