Tekshiruvda filialining 4-sonli sayyor kassa buxgalter nazoratchisi S.I. va kassiri N.R.lar oʻzaro til biriktirib, tumandagi 150 nafar fuqarolarga joriy yilning mart, aprel va may oylari uchun ajratilgan 100,5 mln soʻm pensiya va nafaqa pullarini fuqarolarga berilishini taʼminlamasdan, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab talon-toroj qilganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida yetkazilgan zararning toʻliq qoplanishi taʼminlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.