Endi fuqarolar pensiyalarini uydan chiqmasdan turib, onlayn tarzda naqd shaklga oʻtkazishlari mumkin.

Yangi xizmat orqali pensiyani naqd shaklga oʻtkazish uchun Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga borish talab etilmaydi. Barcha jarayonlar elektron tarzda, tez va qulay amalga oshiriladi.

Mazkur xizmatdan my.gov.uz portali orqali foydalanish mumkin.