Peruda avtobusning 200 metr balandlikdan tushib ketishi oqibatida 9 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Peruning Tarma viloyatida avtobusning 200 metr balandlikdan jarlikka qulashi oqibatida kamida to'qqiz kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda RPP radiostansiyasi ma'lum qildi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, avtomashinada folklor orkestrining musiqachilari bo'lgan.

    Qayd etilishicha, guruh Limaga ketayotgandi, u yerda konsert berishi kerak edi. Avtobusda jami 20 nafar musiqachi bo'lgan, ulardan 8 nafari halok bo'ldi, 12 nafari jarohat oldi.

    Avtomobil masofani qisqartirish imkonini beradigan tuproq yo'ldan harakatlangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yo'l-transport hodisasi tufayli halok bo'lgan haydovchi boshqa avtomobilni chetlab o'tishga uringan, biroq boshqaruvni yo'qotib, avtobus jarlikka qulab tushgan, deb xabar beradi report.az.