Bu kashfiyot Naska viloyatida dronlar yordamida amalga oshirildi.

Geogliflar tog' yonbag'irlarida joylashgan. Ular miloddan avvalgi 300 – 100-yillarga oid.

Tadqiqot natijasida El-Inxenio hududida 10 ta geoglif aniqlandi. Ular uzunligi 17 metr va balandligi 12 metrgacha bo'lgan mushuklarning shakllaridir. Jamoa Changilo hududida uzunligi 37 metr va balandligi 13 metrgacha bo'lgan mushuk shaklida ishlangan 8 ta geoglifni topdi.

Olimlar antropomorf shakllarni ham aniqlashdi. Ulardan 10 tasi El-Inxenio, bittasi Changilo hududidan topildi.

Eng qadimgi tasvirlar Parakas madaniyatiga tegishli. Bu qadimiy sivilizatsiya miloddan avvalgi 800-100-yillarda Peruning janubiy qirg'og'ida gullab-yashnagan, deb xabar beradi mir24.tv.