Mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Peshkoʻda ulkan bayroq oʻrnatildi. Davlat bayrogʻining balandligi 42 metr, hajmi 10 metrga 5 metr, deyiladi Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

Bugun tuman markazi yana-da chiroy ochib, bir-biridan muhtasham inshootlar qad rostlamoqda. Mazkur ulkan bayroq peshkoʻliklarning milliy ramzimizga sadoqatining amaliy tasdigʻi boʻldi.

Davlat bayrogʻining oʻrnatilganligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir katta tantanaga aylandi. Mustaqilligimizning ramzi boʻlgan Davlat bayrogʻi bu yerga tashrif buyurgan har bir yurtdoshimiz qalbida faxr-iftixor tuygʻularini joʻsh urdiradi. Qolaversa, yosh oʻgʻil-qizlarimizning vatanparvar, oʻz yurtiga sodiq, komil inson boʻlib voyaga yetishlariga ushbu salobatli bayroqning hissasi katta boʻladi.