“Biz yadro quroliga ega bo'lishni [imkoniyatini] butunlay rad etamiz – bu bizning siyosiy, diniy, gumanitar va strategik pozitsiyamiz”, deb eslatdi Pezeshkiyon, uning so'zlarini Qatar telekanali keltirmoqda. Uning ta'kidlashicha, Eron “kelajakda xalqaro huquq doirasida o'z hududida uranni boyitishda davom etadi”.
AQSh Prezidenti Donald Trampning Eron yadro quroliga ega bo'lmasligi kerakligi haqidagi bayonotlarini sharhlar ekan, Pezeshkiyon Tehron “bunga qo'shilishini” ta'kidladi. “Yadro dasturimiz yo'q qilingani haqidagi da'vo illyuziya, chunki bizning imkoniyatlarimiz obyektlarda emas, olimlarimiz ongida”, deya davom etdi Eron Prezidenti. Shu nuqtai nazardan, u respublika yadroviy dasturi bo'yicha har qanday muzokaralar barcha tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda olib borilishi kerakligini, Tehronga tahdidlar qabul qilinishi mumkin emasligini ta'kidladi.
2025-yilda Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyotini boshlashi va AQSh Qurolli kuchlarining Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalari tufayli yadroviy masa bo'yicha Eron-AQSh muzokaralarining besh raundi natijasiz yakunlandi. Bir paytning o'zida Tehron bilan muzokaralarni eron atomi bo'yicha yangi kelishuv tuzishda vositachi bo'la olmagan “Yevropa uchligi” davlatlari vakillari olib bordi, deb xabar beradi tass.ru.