Bu haqda Eron prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashuvda aytib o'tdi.
“Oliy rahbarning fatvosiga asoslanib, biz hech qanday yo'l bilan yadro qurolini yaratishga intilmadik va intilmaymiz ham, hech kim bu siyosatdan chetga chiqishiga yo'l qo'yilmaydi”, deya Pezeshkiyon so'zlaridan iqtibos keltiradi uning matbuot xizmati.
“Biz da'vo qilingan muammolarni hal qilish va mamlakatimizning tinch yadroviy faoliyatiga oid shubhalarni yo'q qilish uchun hamkorlik qilish va [MAGATE] bilan yaqinlashishga tayyorligimizni e'lon qilamiz”, deya qo'shimcha qildi Eron prezidenti.
Unga ko'ra, Eron yadro dasturi bo'yicha kelishuvlarning buzilishida AQSh aybdor. “MAGATE hisobotlariga ko'ra, biz Qo'shma kompleks harakatlar rejasi bo'yicha barcha majburiyatlarimizni bajardik, ammo aynan AQSh [2018-yilda] bu kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketdi va bu yo'lda davom etishni imkonsiz qildi”, dedi Pezeshkiyon.
1-noyabr kuni Eron rahbarining maslahatchisi Kamol Xarroziy Tehron yadroviy doktrinasini mamlakatga ekzistentsial xavf tug'ilgan taqdirda hamon o'zgartirish mumkin ekanligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, mamlakat yadro qurolini ishlab chiqarish uchun texnik imkoniyatlarga ega va oliy rahbarning qarori yagona to'siqdir.
2003-yildan beri Eron o'zining ma'naviy rahbaridan yadroviy qurol ishlab chiqarish islomga zid bo'lgani uchun taqiqlangani haqida fatvo olgan. Eron siyosatchilari buni milliy yadro dasturining faqat tinch maqsadli ekanligiga dalil sifatida keltirmoqda, deb xabar beradi tass.ru.