Jamgʻarma Matbuot xizmatining “Yangi Oʻzbekiston” nashriga maʼlum qilishicha, endilikda PIIMA xodimlari rivojlangan mamlakatlarda malaka oshirishlari, tizimda faoliyat yurituvchi oʻqituvchilar esa qisqa muddatli stajirovkalarga borishlari mumkin. Kelishuvga koʻra, xorijda taʼlim olish istagi boʻlgan nomzodlarni tanlab olish va tayyorlashni ikki tomon birgalikda amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, xorijdagi vatandoshlar, chet ellik mutaxassislar ishtirokida Agentlik xodimlari hamda oʻqituvchilari uchun seminarlar, mahorat darslari va shu kabi boshqa tadbirlarni oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 2019-yil 9-sentyabrda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan.