Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlari joriy qilinishi jadallashtiriladi

    “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF-72-son, 03.05.2024-y.)

    Farmonga koʻra, pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024–2027-yillar davomida:

    tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;

    respublikada ipak qurti urugʻiga boʻlgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga;

    respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkaziladi.

    Prezident Farmonida (PF–85-son) nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlangʻich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.