Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilning mart oyida pishirilgan kolbasa narxlari fevral oyiga nisbatan ya'ni, bir oyda o'rtacha 1,9 % ga qimmatlashgan.

Yil boshidan buyon esa narxlar o'rtacha 4 % ga oshgan.

O'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, pishirilgan kolbasa narxlari bir yilda o'rtacha 15,6 %ga qimmatlashgani kuzatilgan.