Piskent tuman prokurori yordamchisi 1,5 ming dollar pora bilan qoʻlga olindi

    Xavfsizlik 3 Noyabr 2022 1134

    U sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishini vaʼda qilib, evaziga firibgarlik yoʻli 1.500 AQSH dollari soʻragan.

    Bu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi. Qayd etilishicha, prokuror yordamchisi 1-noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻlga olingan.

    Piskent tumani prokurorining yordamchisi sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishini vaʼda qilib, evaziga firibgarlik yoʻli 1.500 AQSH dollarini qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan.

    Mazkur holat yuzasidan 2-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

    Tergov harakatlari olib borilmoqda.