Tekshiruvda fuqaro B.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro J.R.dan olgan qarzi evaziga qalbaki 3 200 AQSH dollarini berganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.