Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat tahminan 09:00 larda Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan oʻtgan Olmaliq shahri va Piskent tumanlarini bogʻlovchi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 14-kilometrida Damas va Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida 3 nafar harakat ishtirokchilari turli koʻrinishdagi tan jarohatlarini olib, shifoxonaga yotkizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








