Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalarida shahar koʻcha-yoʻllarida piyoda mintaqalarini (piyodalar va velosiped yoʻlkalari) loyihalashga oid talablar belgilangan.
Xususan, piyoda yoʻlkalarini loyihalashda quyidagi koʻrsatkichlarni inobatga olish kerak:
- piyodalar harakati uchun qulaylik;
- toʻsiqsiz harakatni taʼminlash;
- yoʻlkaning tozaligi va xavfsizligi;
- kommunal toʻsiqlar boʻlmasligi.
Shahar koʻcha-yoʻllarida piyodalar oʻtish joylarini loyihalashda piyodalar, nogironligi boʻlgan shaxslarning harakat xavfsizligi, harakat qulayligi, transport tizimini istiqbolli rivojlanishi hisobga olinishi lozim.
Bundan tashqari, velosiped yoʻlkalarini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
- velosiped yoʻlkasining rejasiga muvofiq boʻlishi;
- rampalarning maksimal qiyaligi 80% dan oshmasligi;
- maxsus yoʻl belgilariga muvofiq boʻlishi.
Shuningdek, velosiped yoʻlkasini tartibga solishda velosipedchilarni avtomobildan ajratish va velosipedda harakatlanish xavfsizligi hamda qulayligini oshirish hisobga olinishi zarur.









