Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalarida shahar koʻcha-yoʻllarida piyoda mintaqalarini (piyodalar va velosiped yoʻlkalari) loyihalashga oid talablar belgilangan.

Xususan, piyoda yoʻlkalarini loyihalashda quyidagi koʻrsatkichlarni inobatga olish kerak:

  • piyodalar harakati uchun qulaylik;
  • toʻsiqsiz harakatni taʼminlash;
  • yoʻlkaning tozaligi va xavfsizligi;
  • kommunal toʻsiqlar boʻlmasligi.

Shahar koʻcha-yoʻllarida piyodalar oʻtish joylarini loyihalashda piyodalar, nogironligi boʻlgan shaxslarning harakat xavfsizligi, harakat qulayligi, transport tizimini istiqbolli rivojlanishi hisobga olinishi lozim.

Bundan tashqari, velosiped yoʻlkalarini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:

  • velosiped yoʻlkasining rejasiga muvofiq boʻlishi;
  • rampalarning maksimal qiyaligi 80% dan oshmasligi;
  • maxsus yoʻl belgilariga muvofiq boʻlishi.

Shuningdek, velosiped yoʻlkasini tartibga solishda velosipedchilarni avtomobildan ajratish va velosipedda harakatlanish xavfsizligi hamda qulayligini oshirish hisobga olinishi zarur.