“ByBlocks” deb nomlangan yirik g'ishtlar bug' vositasida tayyorlanadi. Bunda hech qanday kimyoviy moddalar, qo'shimchalar, yelim kabi vositalardan foydalanilmaydi. Bunday g'ishtlar mustahkamligi hamda ulardan qurilishda foydalanish mumkinligi aytilmoqda.

ByFusionning bosh direktori Xaydi Kuyava kompaniya Dow grantini yutib, Hefty kompaniyasining EnergyBag chiqindi xaltalarini utilizatsiya qilish bo'yicha dasturi hamkoriga aylanganini aytdi.

Chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha mazkur dastur Aydaxo shtatining Boyse shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Unga ko'ra, o'sha hududda joylashgan chiqindixonalardagi 72 tonna plastik utilizatsiya qilinishi ko'zda tutilgan. Tayyor g'ishtlar allaqachon shahar xiyobonida qurilayotgan ob'yektlarda foydalanildi, deya xabar beradi techcult.ru.