— Bemor o'zini yomon his qila boshladi. U test topshiradi va javobini kutadi. Javob natijasi esa manfiy. SHunda tushunarsiz holat yuzaga keladi. Bu koronavirus kasalligimi yoki yo'qmi? Bir tomondan klinik simptomlari bor. Ikkinchi tomondan test javobi manfiy ko'rsatmoqda.
Ayni paytda amaliyotda kasallik klinik holatlari kuzatilsa, test natijasini kutmasdanoq davolash choralari ko'riladi. Agar bemorda klinik alomatlar mavjud bo'lsa, birinchi navbatda kasallik koronavirusga to'g'ri kelish-kelmasligi yoki kasallikning nechog'lik og'irligini belgilash kerak bo'ladi. SHundan keyin davo muolajalari qo'llaniladi. Test natijasi musbat yoki manfiy bo'lishidan qat'iy nazar, klinik alomatlari bormi, demak bu bemor davolanishga muhtoj. U ambulator sharoitda, uyda yoki poliklinikada yoxud statsionarda davolanishga yotqiziladi.