Tajribalar davomida mikrorobotlar sichqonlarning oʻpkasida pnevmoniya qoʻzgʻatuvchi bakteriyalarni barataraf etdi va ularning omon qolishiga yordam berdi. Pnevmoniya Pseudomonas aeruginosa bakteriyasidan kelib chiqqan boʻlib, u odatda intensiv terapiya boʻlimlarida ventilyatsiya qilingan bemorlarga taʼsir qiladi.
Mikrorobotlar traxeyaga kiritilgan naycha orqali kemiruvchilarning oʻpkasiga yuborildi.
Mikrorobotlar suv oʻtlari hujayralaridan ishlab chiqilgan boʻlib, ularning yuzasi antibiotiklar bilan toʻldirilgan nanozarrachalar bilan qoplangan. Suv oʻtalari hujayralari mikrorobotlarga suzish va antibiotiklarni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻpkadagi bakteriyalarga etkazish imkonini beradi.
Antibiotikni oʻz ichiga olgan nanozarrachalar oq qon hujayralarining bir turi boʻlgan neytrofillarning hujayra membranalari bilan qoplangan mayda, biologik parchalanadigan polimerik sharlardan iborat.
Ushbu membranalar bakteriyalar va tananing immun tizimi tomonidan ishlab chiqarilgan yalligʻlangan molekulalarini oʻzlashtiradi va zararsizlantiradi, deyiladi lenta.ru saytida.