Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Surxondaryo filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Uchqizil” pochta aloqa bogʻlanmasi sobiq bosh hisobchilari A.A. va Oʻ.M.lar aholi bilan naqd pul va bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalari boʻyicha qabul qilingan 127,3 mln soʻmni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.