Pochta joʻnatmasidagi apmulalarda nima yashirilgan edi?
Xavfsizlik
5 iyl 2021, 12:17
263
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari “Bosh-pochtamt” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Qozogʻiston davlatidan yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga kelgan pochta joʻnatmasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazishdi.
Natijada, pochta joʻnatmasida pochta deklaratsiyasida koʻrsatilmagan, 4 ta konvalyutada jami 20 ta ampulada tarkibida giyohvand modda boʻlgan “Tramadol” nomli giyohvandlik dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.