Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarini bojxona chegaralari orqali olib oʻtishga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda bojxona postiga xorijdan kirib kelgan temir yoʻl vagonlari oʻrnatilgan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, poyezd tarkibidagi vagon gʻildiragi orqa tag qismiga ustamonlik bilan yashirilgan 2 ta qora rangli polietilen paketlar bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.
Mazkur polietilen paketlar koʻzdan kechirilganda, ularning ichida 8000 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.