Videoda temir yoʻlni taqiqlangan signalda kesib oʻtishga urinayotgani, avtomobil tiqilib qolgani, mashina egasi va boshqa haydovchilar esa mashinani boʻshatishga harakat qilgani, ammo bu harakatlar muvaffaqiyatsiz boʻlgani aks etgan.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea 15-dekabr kuni Dalaguzar–Nazarbek temir yoʻl kesishmasida sodir boʻldi.
Qayd etilishicha, haydovchi taqiqlovchi belgilarga eʼtibor bermay temir yoʻlni kesib oʻtishga harakat qilgan, buning oqibatida esa xavfli vaziyat yuzaga kelgan.
Shu bilan birga, yuk poyezdining mashinisti yoʻllarda tiqilib qolgan mashinani koʻrib, darhol shoshilinch tormozlashni faollashtirdi. Biroq yuk poyezdining 800 metrdan 1000 metrgacha boʻlgan tormoz masofasi hisobga olinsa, toʻqnashuvning oldini olishning iloji boʻlmadi. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi.
Ushbu holat, ayniqsa yomon ob-havo sharoitida yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini eslatdi.
“Hurmatli haydovchilar, kelajakda bunday holatlarning oldini olish uchun temir yoʻl kesishmalaridan oʻtayotganda ehtiyot boʻlishingizni iltimos qilamiz! Yoʻl harakati xavfsizligi har birimizga bogʻliq”, deyiladi xabarda.