Xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 1-noyabrga qadar mazkur hududni rivojlantirish boʻyicha yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfelini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda poytaxtdagi davlat idoralariga tegishli binolardan samarali foydalanish masalasiga ham eʼtibor qaratildi. Bugun Toshkentda umumiy maydoni 765 ming kvadrat metr boʻlgan 497 ta maʼmuriy bino mavjud.
Davlat tashkilotlarini maqbul tarzda joylashtirish, boʻsh va samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, servis, xususiy tibbiyot va taʼlim xizmatlarini yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.
Masʼullarga davlat idoralari binolarini xatlovdan oʻtkazib, maqbul maydonlarni tadbirkorlarga kafolatli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish topshirildi.