Tashrif davomida Pokiston Dengiz ishlari vazirligi rahbariyati, Pokiston Milliy kemachilik korporatsiyasi, Yuk tashish kompaniyalari assotsiatsiyasi va logistika kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, “Qosim”, “Karachi” va “Gvadar” portlarning infratuzilmasi va texnologiyasi bilan tanishildi.

Pokiston portlaridan foydalangan holda Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston yoʻnalishidan samarali foydalanish boʻyicha ishlarni faollashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakunida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Pokiston Dengiz ishlari vazirligi oʻrtasida bayonnoma imzolandi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.