Pokiston Bosh vaziri Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

    Turizm 16 Iyul 2021 479

    Ayni paytda Samarqandda boʻlib turgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir Imron Xon Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamrohligida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi.

    Qurʼon tilovat qilinib, buyuk alloma yod etildi.

    Islom olamida muhaddislar sultoni, deb eʼzozlanadigan Imom Buxoriy merosini oʻrganish va keng targʻib etish, bu zot nomi bilan bogʻliq maskanni obod etish borasida olib borilayotgan ishlarga Pokiston Bosh vaziri yuksak baho berdi.