Pokiston Islom Respublikasi bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinadi

    Xalqaro hamkorlik 8 Fevral 2023 1472

    “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–45-son, 06.02.2023-y.) qabul qilindi

    Qarorga muvofiq, Oʻzbekistan bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi.

    Mazkur bitim 2022-yil 3-martda Islomobod shahrida imzolangan.

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.