Pokiston qurolli kuchlari Afg‘oniston poytaxti Kobul va Nangarhor viloyatidagi harbiy nishonlarga zarbalar berdi. Bu haqda Pokiston Islom Respublikasi Axborot va radioeshittirish vazirligi xabar berdi.

“16 martga o‘tar kechasi Pokiston harbiy inshootlar va terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasiga, jumladan, Kobul va Nangarhordagi Afg‘oniston Toliboni va “Fitna al-Xavorij”ning texnik jihozlari va o‘q-dorilari omborlariga aniq zarbalar berdi, ular Pokiston fuqarolariga qarshi ishlatilgan”, deyiladi vazirlikning tekshirish bo‘limining X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida. Hujumlardan keyin sodir bo‘lgan o‘q-dorilarning portlashi harbiy obyektga hujum qilinganini tasdiqlaydi, deb qo‘shimcha qildi vazirlik.

Agentlik Afgoniston rasmiylarining Pokiston hujumida giyohvand moddalarga qaram bo‘lgan odamlarni reabilitatsiya qilish markaziga zarar yetkazilgani haqidagi da’vosini rad etdi va buni “jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan yana bir faktlarni buzib ko‘rsatish” deb atadi.

Avvalroq, Afg‘oniston hukumati vakili Zabihulla Mujohid Pokiston “yana bir bor Afg‘oniston havo hududini buzib, Kobuldagi giyohvand moddalarga qaram bo‘lgan odamlarni reabilitatsiya qilish markaziga zarba bergani, oqibatda davolanayotgan giyohvand moddalarga qaram bo‘lgan odamlar halok bo‘lgani va jarohatlaganini” ma’lum qilgan edi.

26 fevral kuni kechqurun Pokiston-Afg‘oniston chegarasida janglar qayta boshlandi. Kobul yaqinda Pokistonning Afg‘oniston hududiga qilgan havo hujumlariga javoban harbiy operatsiya o‘tkazayotganini e’lon qildi. Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif o‘z mamlakati va Afg‘onistondagi Tolibon hukumati hozirda ochiq qurolli mojaro holatida ekanligini aytdi, deb xabar berdi tass.ru.