Bu haqda tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi hisobotiga tayanib, The Express Tribune nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi 24 soat ichida yetti nafar aholi vakili vafot etdi, suv toshqinidan eng ko'p Panjob viloyati zarar ko'rdi.
Qayd etilishicha, 1-iyuldan buyon 2293 ta ko'chmas mulk obyekti vayron bo'ldi, ulardan 734 tasini tiklash imkoni yo'q. Suv toshqinidan 44 kilometrdan ortiq yo'l va 30 ta ko'prik zarar ko'rdi.
Sinoptiklar 19-avgust kuni Pokistonning turli hududlarida kuchli yog'ingarchilik bo'lishini, bu Islomobod, Ravalpindi, Gujranvala, Lahor, Shayxupura, Kasur, Sialkot, Sargodxa, Faysalobod va Peshovarning pasttekislikdagi hududlarida suv toshqiniga olib kelishi mumkinligini taxmin qilishdi, deb xabar beradi report.az.