Pokistonda musson yomg'iri oqibatida 660 kishi halok bo'ldi, 929 kishi jabrlandi

    Pokistonda musson yomg'iri boshlangan iyun oyining oxiridan beri kuchli yomg'ir yog'ishi va shunga bog'liq hodisalar tufayli kamida 660 kishi halok bo'ldi va 929 kishi jabrlandi, deb xabar berdi dushanba kuni Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi.

    2500 ga yaqin bino vayron bo'ldi, 30 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi va vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirildi. Chorvachilik va dehqonchilikka katta zarar yetdi.

    Hisobotga ko'ra, ko'p qurbon shimoli-g'arbiy Xayber-Paxtunxva viloyatiga to'g'ri keladi – 392 kishi halok bo'lgan, 245 nafari jrohatlangan. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Panjob viloyatida 164 kishi halok bo'ldi, 582 kishi jarohatlandi. Sind, Balujiston, Gilgit-Baltiston va boshqa bir qancha viloyatlardan ham o'lim holatlari qayd etilgan.

    Mamlakat rasmiylari odamlarning hayotini saqlab qolish va tabiiy ofatdan keladigan zararni kamaytirishga harakat qilmoqda.

    Pokistonda musson mavsumi odatda iyundan sentabrgacha davom etib, qishloq xo'jaligi uchun juda muhim bo'lgan kuchli yomg'ir yog'ishiga sabab bo'ladi, lekin ko'pincha suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlarga olib keladi, deb xabar berdi tass.ru.