“Shavkat Mirziyoyev — uzoqni ko'ra biladigan davlat arbobi” (“H.E. Shavkat Mirziyoyev a visionary statesman”) nomli tahliliy maqolalar kitobining taqdimoti Pokistondagi Sargodha universitetida bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
To'plamdan GSTM ijrochi direktori Holid Taymur Akrom Yangi O'zbekiston erishgan yutuqlar, Prezident rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar va demokratik o'zgarishlar, O'zbekiston rahbarining ichki va tashqi siyosati, uning mintaqaviy va global tashabbuslari, jumladan, Toshkent shahrida Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy o'zaro bog'liqligiga bag'ishlangan xalqaro anjumanda ilgari surilgan 10 ta tashabbusi samaralariga bag'ishlangan 14 ta tahliliy material joy olgan.
Tadbirda Sargodha universiteti prorektori professor Salim Mazharga universitet kutubxonasi uchun kitob nusxalari topshirildi.