Pokistonda sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida kamida 25 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Pokiston shimoli-sharqidagi Azad-Kashmir viloyatining Xaveli okrugida yo'lovchi avtobusining jarlikka qulab tushishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo'ldi, biri yaralandi.

    Bu haqda Geo TV telekanali xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, yo'lovchi avtobusi Xaveli Kaxuta aholi punktidan Ravalpindi shahriga (Panjob viloyati) ketayotgan bo'lgan. Voqea joyida politsiya xodimlari, mahalliy hokimiyat vakillari va qutqaruvchilar yetib borishdi. Dastlabki versiyaga ko'ra, avtobusning tormozi ishlamay qolgan, shundan so'ng transport vositasi jarlikka qulab tushdi.

    Qurbon bo'lgan yo'lovchilarning jasadlari eng yaqin shifoxonaga yetkazildi, tegishli bo'limlar voqea sabablarini o'rganmoqda, deb xabar beradi report.az.