Bu haqda Xinhuanet agentligi xabar tarqatgan.
Tabiiy ofat oqibatida 11 kishi halok boʻldi. Xususan, Okara shahridagi uylardan birining tomi oʻpirilib tushishi oqibatida sakkiz kishi halok boʻldi, uch kishi jarohat oldi. Ularning uch nafari ayol, bir nafari erkak hamda toʻrt nafari bolalar ekani maʼlum qilindi.
Tabiiy ofatni bartaraf etish uchun qutqaruvchilar jalb qilindi. Xujra Shax Mukim tumanida yoqqan kuchli yomgʻir taʼsirida devorning qulab tushishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Yana bir kishi Toba Tek Singx tumanida chaqmoq urushidan halok boʻldi.